|
|
Qoqidoshlar
(Murakkabguldoshlar) oilasi
Asteraceae (Compositae)
|
|
|
|
|
30.
|
Yirikbarg
andiz
Inula
macrolepis Bunge
|
|
Kamyoblik
darajasi 1.
G`arbiy on va Sharqiy Hisor tizmalaridagi juda kamyob, endem tur.
Qisqacha
tavsifi.
Balandligi 50 sm gacha etadigan ikki yillik o`simlik. Poyasi
tik, yarmidan yuqorisi shoxlangan, pastki qismi uzun, ipaksimon tuklar bilan
qoplangan. Shoxchalari kulrang qalin tukli, yakka savatchali. Ildizoldi
barglari cho`ziq, bandi bilan birga 6-10 sm uzunlikda, dag`al tukli, chetlari
mayda tishli. Poyadagi barglari esa nashtarsimon, asosi yuraksimon 5-6 sm
uzunlikda, shoxlarning yuqori qismiga qarab maydalashib boradi.
Savatchalarining diametri 2-3 sm, tashqi o`rama barglari qalami-nashtarsimon,
chetlari dag`al kiprikchali, g`adir-budir; ichki o`rama bargchalari deyarli
pardasimon, qalami, chetlari och qirmizi rangli. Urug`lari dag`al tukli.
Popuklari urug`ga nisbatan 3 barobar uzun. Iyulda gullab, avgust oyida
mevalaydi.
Tarqalishi. Zarafshon daryosi vodiysida
tarqalgan (Samarqand viloyati). Tojikistonda ham uchraydi.
O`sish
sharoiti.
To`qaylardagi sernam o`tloqlarda va bo`z yerlarda o`sadi.
Soni. Aniqlanmagan. 1940 yilda
Samarqand yaqinidagi (Qorasuv daryosi bo`yidagi) Cho`ponota degan joydan bir
marotaba terilgan.
Ko`payishi. Bu haqda ma'lumotlar yo`q.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. O`simlik o`sgan yerlardan qurilish uchun shag`al
olingan.
Madaniylashtirilishi.
Bu haqda
ma'lumotlar yo`q.
Muhofaza
choralari. Maxsus
muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan. O`simlik soni va arealini aniqlash
zarur.
|
|
|
|
|
31.
|
Bezchatukli karrak
Cousinia adenophora Jus.
|
|
Kamyoblik darajasi 1. Zarafshon tizmasidagi juda
kamyob, endem o`simlik.
Qisqacha
tavsifi. Bo`yi
50 sm ga yetadigan ko`p yillik o`t. Poyalari ko`p, tarvaqaylagan, tuksiz,
yuqori qismi bezchasimon tukli. Shoxchalari yakka kallakli. To`pgullari siyrak.
Barglarining ustki tomoni bezchasimon tukli, pastki tomoni kulrang, qalin
tukli, patsimon qirqilgan. Poyadagi barglari bandsiz, yuqoriga qarab kichrayib
boradi. Savatchalari cho`ziq-tuxumsimon, bezchasimon tuklarga ega. O`rama
bargchalari 30-40 ta, yassiroq-charmsimon, bezchasimon tukli. Guli sariq
rangli. Urug` teskari-tuxumsimon, deyarli uch qirrali, ingichka qanotchali,
yuqori qismi 2-3 tishli. Iyul-avgust oylarida gullab, avgust-sentabrda urug`i
yetiladi.
Tarqalishi. Zarafshon tizmasida
tarqalgan (Samarqand viloyati).
O`sish
sharoiti.
Tog`larning yuqori qismidagi toshli yonbag`rlarda o`sadi.
Soni. Tabiiy holda kam
tarqalgan.
Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. Aniq ma'lumot yo`q.
Madaniylashtirilishi.
Bu haqda
ma'lumot yo`q.
Muhofaza
choralari. Maxsus
muhofaza choralari ishlab chiqilmagan.
|
|
|
|
|
32.
|
Butkov
karragi
Cousinia butkovii Tschemeva et Vved.
|
|
Kamyoblik
darajasi 2. Zarafshon
tizmasidagi kamyob tur.
Qisqacha
tavsifi. Bo`yi
40 sm ga yetadigan poyasi yo`l-yo`l chiziqli (jo`yakli), qalin tukli, serbarg,
asosidan shoxlanuvchan, yakka kallakli, ikki yillik o`t. Barglari yashil
rangli, ustki va pastki tomoni chalkash tukli, qirrasi tikansimon tishli.
Yopirma hamda poyaning pastki qismidagi barglari qisqa bandli, patsimon
bo`lingan. Poyaning o`rta qismidagi barglari cho`ziq, chetlari bo`lakli, yuqori
qismidagilari esa yumaloq poyani yarim qamrab turadi, uchi qattiq tikanli.
Savatchasi yassi-yumaloq (diametri 2,5-3,5 sm), ko`gulli. O`rama barglari ko`p,
dag`al. Toji pushti rangli. Urug` cho`ziq-tuxumsimon. May-iyul oylarida gullab,
iyul-avgustlarda mevasi yetiladi.
Tarqalishi. Zarafshon tizmasi (Urgut
qishlog`i atroflari, Samarqand tog`lari, Oqsoy qishlog`i atrofi)da tarqalgan
(Samarqand viloyati). Tojikistonda ham uchraydi.
O`sish sharoiti.
Tog`larning
o`rta va pastki qismlaridagi jarliklarda, surilmalarda hamda shag`alli
yonbag`irlarda o`sadi.
Soni. Tabiatda juda kam uchraydi.
Kipayishi. Urug`idan ko`payadi.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. Chorva mollarining haddan tashqari ko`plab boqilishi
va xashak uchun o`rib olinishi sabab bo`lmoqda.
Madaniylashtirilishi.
Aniq
ma'lumot yo`q.
Muhofaza
choralari. Maxsus
muhofaza choralari ishlab chiqilmagan.
|
|
|
|
|
33.
|
Knorring astragali
Astragalus knorringianus Boriss.
|
|
Kamyoblik darajasi
2. G`arbiy
Pomir-Oloyda o`sadigan kamyob, endem tur.
Qisqacha
tavsifi. Bo`yi
5-7 sm uzunlikdagi kulrang-yashil, yotiq tukli, deyarli poyasiz ko`p yillik
o`t. Bargi 2-5 sm, qalami, bandi esa 5-15 mm uzunlikda, Bargchalari 7-9 juft,
qalami yoki nashtarsimon-qalami, uzunligi 5-11 mm, eni 0,5-1,5 mm, o`tkir
uchli, pastki tomoni qalin yotiq tukli. Gulpoyasi 2-5 sm uzunlikda. Gullari 2-3
ta. Pishib yetilmagan dukkagi 7 sm uzunlikda, eni esa 4 mm, qisqa tumshuqchali,
yotiq oq tuklar bilan qoplangan. Mart-aprel oylarida gullab, aprel-mayda mevasi
yetiladi.
Tarqalishi. Nurota, Molguzar va
Turkiston tog`larida tarqalgan (Samarqand viloyati).
O`sish
sharoiti. Tog`ning
o`rta qismidagi yemirilgan tub tog` g`inslarida va shag`al-toshli
yonbag`irlarda o`sadi.
Soni. Kam uchraydi.
Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. Chorva mollarining ko`plab boqilishi tufayli
qisqarib bormoqda.
Madaniylashtirilishi.
Bu haqda
ma'lumotlar yo`q.
Muhofaza
choralari.
Maxsus tadbirlar ishlab chiqilmagan.
|
|
|
|
|
34.
|
Nurota astragali
Astragalus nuratensis M.Pop.
|
|
Kamyoblik
darajasi 1.
Nurota tizmasidagi kamyob endem tur.
Qisqacha
tavsifi.
Serpoyali ko`p yillik o`t. Poyasi ancha yo`g`on, uzunligi 8-15 sm, siyrak,
hurpaygan tukli, ular keyinchalik to`kilib ketadi. Bargi asosan poyaning yuqori
qismida joylashgan. Bargchalari 4-6 juft, yuqri qismi to`mtoqroq deyarli
teskari-yuraksimon, uzunligi 1 -2 sm. Shingili siyrak, 5-10 gulli. Gultoji
och-sariq rangli. Dukkagining uzunligi 10-20 mm, o`tkir uchli (tumshuqchali),
siyrak uzun hurpaygan tukli, ikki uyali. Urug`i quloqsimon, siqilgan, uzunligi
5 mm, silliq, to`q-jigarrang. Iyun oyida gullab, iyulda mevasi yetiladi.
Tarqalishi. Nurota tizmasida tarqalgan
(Samarqand viloyati).
O`sish
sharoiti.
Tog`larning o`rta qismidagi toshli yonbag`irlarda o`sadi.
Soni. Yakka-yakka holda uchraydi.
Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi.
Bu haqda
ma'lumotlar yo`q.
Muhofaza
choralari. Maxsus
muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan.
|
|
|
|
|
35.
|
Patsimon astragal
Astragalus plumatus Boriss.
|
|
Kamyoblik
darajasi 2.
O`zbekistondagi kamyob, endem tur.
Qisqacha
tavsifi.
Bo`yi 60 sm gacha yetadigan, shoxlari tarvaqaylagan, yo`g`on, to`g`ri, oq
tukli, uzunligi 4-8 sm keladigan qalin tikanlar bilan qoplangan buta.
Bargchalari 5-6 juft, oval-tuxumsimon, tarvaqaylagan mayin tukli. Gullari barg
qo`ltig`ida 8-10 tadan, yumaloq shaklli, eni 3 sm keladigan zich to`pgul hosil
qiladi. Dukkagining uzunligi 5 mm, tuxumsimon, oq momiq tukli. Urug`i
buyraksimon, silliq. Aprel-may oylarida gullab, may-iyunda mevasi yetiladi.
Tarqalishi. Qizilqumda: Konimex shahri
atrofida; Pomir-Oloyda: Zirabuloq-Ziyovuddin tog`larida va Nurota tizmasida
(Samarqand, Buxoro viloyatlari) tarqalgan.
O`sish sharoiti. Tog` yonbag`irlarida,
adirlarda, ochilib qolgan qum-toshlarda o`sadi.
Soni. Yakka-yakka yoki uncha katta
bo`lmagan to`plar hosil qilib o`sadi,
Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma'lumotlar yo`q.
Muhofaza
choralari.
Maxsus muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan.
|
|
|
|
|
36.
|
Pufak
astragal
Astragalus leptophysus Vved.
|
|
Kamyoblik
darajasi 2. G`arbiy
Pomir-Oloyda kichik maydonlarda tarqalgan relikt, endem o`simlik.
Qisqacha
tavsifi. Ko`p
yillik poyasiz o`t. Ingichka novdalari faqat tuproq ostida rivojlanadi. Bargi
toq patsimon 15-35 juft, uzunligi 10-20 sm, bandining uzunligi 3-7 sm,
hurpaygan oq tukli. Bargchalari cho`ziq-tuxumsimon, ba'zan yaproqchalari bir-biriga
tegib turadi, uzunligi 10-17 mm, eni 6-9 mm. Gulpoyasi hurpaygan oq tukli.
Kosachasi uzun naysimon, uzunligi 2,5 sm, eni 3-4 mm. Gullari yirik, uzunligi 3
sm gacha, qizil. Dukkagi yumaloq-tuxumsimon, uzunligi 4 sm gacha yetadi, eni 3
sm. May oyida gullab, iyunda mevasi yetiladi.
Tarqalishi. Turkiston va Nurota
tizmalarida tarqalgan (Samarqand va Jizzax viloyatlari).
O`sish
sharoiti.
Har xil o`tlar, shuvoqlar va archazorlar orasida hamda tosh-shag`alli
yonbag`irlarda va surilmalarda o`sadi.
Soni. Juda kamyob bo`lib,
yakka-yakka holda uch joyda mavjudligi aniqlangan.
Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. Chorva mollarining ko`plab boqilishi o`simliklarga
salbiy ta'sir ko`rsatmoqda
Madaniylashtirilishi.
Bu haqda ma'lumotlar
yo`q.
Muhofaza
choralari.
Qizil kitobga kiritilgan. Kamayib ketish sabablarini o`rganib, mavjud har bir
tupini saqlab qolish choralarini ko`rish lozim.
|

© Web-design
Burnashev R.F., 2005
|